"Navbahor" xorijda yig'in olib boradi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025
Jamoa 2-davraga tayyorgarlikni Minskda o'tkazadi.

"Jamoamiz a'zolari, ertadan, yani 16 iyuldan joriy mavsumning 2-davra bahslariga tayyorgarlikni boshlaydi.

"Lochinlar" chorshanba tongida Toshkentdan Belarus poytaxti Minsk shahriga jo'nab ketadi. Sergey Lushan shogirdlari davralar oralig'idagi tanaffusda Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi. 

Xorij yig'ini doirasida "Navbahor" nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirgan. Raqib jamoalar va nazorat o'yinlarining sanasi borasida keyinchalik aniq ma'lumot beramiz. 

Vakillarimiz 29 iyul kuni yurtimizga qaytadi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ma'lumot uchun, "Navbahor" Superliga 2-davrasining dastlabki o'yinini 2 avgust kuni Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати