Baxtiyor Rahmoni: "Toshkentda biz uchun ajoyib ob-havo kuzatildi"

18 apr 2018, 13:55
Kecha OCHL guruh bosqichi so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi o'z uyida Eronning "Zobohan" klubiga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi 1:1. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, "Zobohan" jamoasi futbolchisi Baxtiyor Tabrizi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Lokomotiv"ga qarshi juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Ikkala jamoa ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. O'yin durang natija bilan yakunlandi. Biz o'zimiz uchun kerakli bo'lgan natijani qayd etdik va keyingi bosqichga yo'l oldik. "Lokomotiv" juda ham kuchli jamoa. Toshkenda biz uchun ajoyib ob-havo kuzatildi. Men Toshkentga o'ninchi bor tashrif buyurishim", - deydi Baxtiyor Rahmoni


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi


Manba: championat.asia