"Bavariya"ga qarshi o'yin oldidan PSJ tarkibida muammolar bor

Mirjalol Normatov
5 mar 2023, 15:30
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte tarkibdagi ikki muhim futbolchi jarohat olganini aytdi.

"Nordi Mukielening oyog'iga tepishdi, hozir o'sha joy yara bo'lib qolgan. Markinosning qovurg'asida muammolar bor. Ularning holati jiddiyga o'xshaydi. Hozircha ushbu futbolchilarning "Bavariya"ga qarshi o'yinda qatnashishi borasida biror nima deya olmayman", - dedi Galte.

"Bavariya" - PSJ uchrashuvi 8 mart kuni bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda myunxenliklar Parijda 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal