"Bavariya" va "Manchester Siti" 21 yoshli germaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Alisher
23 noya 2019, 13:18
"Xoffenxaym"ning 21 yoshli o'yinchisi Dennis Gayger Yevropaning ikki top klublari qiziqishiga sabab bo'lmoqda.

Yevropaning ikki grand klublari "Bavariya" va "Manchester Siti" klublari futbolchini kuzatishmoqda.

Germaniyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynayotgan ushbu futbolchiga milliy terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ham imkoniyat bermoqchi.

21 yoshli markaziy yarim himoyachining transfer narxi 8,5 million evroni tashkil etadi.

Futbolchi joriy mavsum 11ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1