"Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv tomoshabinlarsiz o'tkazilishi tasdiqlandi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2021, 19:04
8 dekabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Bavariya" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv bo'm-bo'sh tribunalarda o'tkaziladi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

O'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazish to'g'risidagi qaror mintaqadagi epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli qabul qilingan.

"Bavariya" allaqachon Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa, "Barselona" "Benfika" bilan ushbu kvartetdagi ikkinchi yo'llanma uchun kurashadi. Ayni damda kataloniyaliklarda 7 ochko, lissabonlarda esa 5 ochko bor.

Eslatib o'tamiz, birinchi turda "Bavariya" "Kamp Nou"da "Barselona"ni 3:0 hisobida mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com