"Bavariya" sport direktori Manening klubga o'tganini tasdiqladi

Administrator
17 iyun 2022, 22:56
Sadio Mane "Bavariya"da faoliyatini davom ettiradi.

"Bavariya" klubi sport direktori Xasan Salixamidjich Sadio Manening transferini tasdiqladi.

Sky Sport Deutschland nashri jurnalistining savoliga "Ha, u klubimizga o'tyapti", -deya javob bergan mutaxassis. 

Avvalroq, "Liverpul" futbolchi uchun 32 mln evro olishi ma'lum qilingandi. Bundan tashqari kelishuvda 9 mln evro bonuslar ham mavjud.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland