"Bavariya" "Slaven Belupo"ning 16 yoshli xavbeki bilan shartnoma imzoladi

Alisher
10 sen 2021, 17:38
"Bavariya" Xorvatiyaning "Slaven Belupo" klubi yarim himoyachisi Lovro Zvonarek bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

16 yoshli futbolchi Myunxen klubiga 2022 yilning 1 iyulida qo'shiladi, u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolandi.

Zvonarek - "Slaven Belupo" tarbiyalanuvchisi, u asosiy jamoada 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Transfermarkt o'yinchining "Bavariya"ga o'tishini 1,8 million evroga baholadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN