"Bavariya" "Real" futbolchisi uchun rasmiy taklif yubordi

Alisher
6 yanv 2020, 13:17
"Bavariya" "Real" o'yinchisi Ashraf Hakimini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Marokashlik futbolchi hozirda Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda, ammo yozda Madridga qaytishi kerak.

Oldinroq, Zinedin Zidan Hakimiga "Real"da imkoniyat berishga vada bergan edi.

Hakimi "Real"da Karvaxal va Odriosola bilan jiddiy raqobatga kirishishiga to'g'ri keladi. Unga tarkibda joy kafolatlanmagan.

21 yoshli himoyachi joriy mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca