"Bavariya" "Liverpul"ga Dias uchun 70 million evro va bonuslar taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2025, 00:50
"Bavariya" Luis Dias bo'yicha yangi taklif tayyorlamoqda.

Avvalroq "Liverpul" vingerni 67,5 million evroga sotishdan bosh tortgani xabar qilingan edi.


ESPN ma'lumotlariga ko'ra, "Bavariya" Dias uchun 70 million evro va bonuslar taklif qiladi. Myunxenliklar kolumbiyalikni transfer bozoridagi asosiy maqsad deb biladi.

Shuningdek, "Liverpul" avval "Barselona"ning taxminan 65 million funt (75 million evrodan ko'proq) miqdoridagi taklifini rad etgani, keyin katalonliklar Diasni imzolashdan voz kechib, boshqa variantlarga e'tibor qaratgani aytilmoqda.

Transfer oynasining yopilishi yaqinlashishi bilan mersisaydliklar bazi shartlarini pasaytirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN