Luis Dias YCHLda diskvalifikaciya qilindi

Mirjalol Normatov
22 noya 2025
Luis Dias "Bavariya"ning YCHLdagi uch o'yinida qatnasha olmaydi.

Myunxenliklar vingeri PSJ himoyachisi Ashraf Hakimiga nisbatan fol ishlatdi va 1-bo'limning o'zidayoq chetlatildi. Hakimining o'zi esa shu boisdan 2 oyga safdan chiqdi.

UEFA esa Diasni 3 o'yinga chetlatish chorasini qo'lladi. Shu orqali u "Arsenal", "Sporting" va "Yunion"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

"Bavariya" esa ushbu holat uchun tushuntirish so'radi va shikoyat bildirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Vensan Kompani esa intervyuda uning faqatgina bir o'yinga chetlatilishini kutayotganini aytgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild