"Bavariya" klubi "Bayer" safida chempion bo'lgan futbolchisi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Оқил Абдубарноев
27 iyun 2024, 21:25
Yosip Stanishich "Bavariya" bilan shartnomasini 5 yilga uzaytirdi.

Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Xorvatiyalik himoyachi bilan yangi shartnoma 2029 yilgacha mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda 24 yoshli Stanishich Leverkuzenning "Bayer" jamoasida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/FCBayern