

Bundesliga tugashiga 3 tur qolganida Bavariya eng yaqin taqibchisi RB Leyptsigni 10, Dortmundning Borussiya klubini 16 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Myunxen klubi o'z tarixida 27-marta Germaniya chempioni bo'ldi. Bundan tashqari jamoa ketma-ket beshinchi bor mamlakatda tengsiz bo'lib bu borada rekord qayd etdi. Germaniyaning boshqa hech biri klub qatorasiga besh yil chempionlikka erisha olmagandi.
Bavariya uchinchi bor Volfsburgga qarshi safardagi o'yindan so'ng (2003, 2007, 2017) chempionlikni rasmiylashtirdi.




