"Bavariya" hujumchisi Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2022, 22:30
Futbolchi Myunxen klubini tark etish niyatida emas.

"Bavariya" hujumchisi Erik Shupo-Moting nomi ochiqlanmagan Saudiya Arabistoni jamoasi taklifini rad qildi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

Futbolchi Myunxen klubidan ketishni istamayapti. Uning "FK Gollivud" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Oldinroq "Bavariya" "Barselona" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild