"Bavariya" Gyotceni ortga qaytarishi mumkin

Alisher
18 sen 2020, 15:55
Yarim himoyachi Mario Gyotce Myunxen klubining short-listida.

"Bavariya" 28 yoshli xavbekka tez orada "Liverpul" a'zosiga aylanadigan Tiago Alkantaraning ajoyib o'rinbosari sifatida qaramoqda.

Eslatib o'tamiz, Gyotce "Bavariya"da 2013-2016 yillar davomida to'p tepgan va sobiq klubi "Borussiya" (Dortmund)ga o'tgan edi.

Gyotce yozda erkin agent maqomini oldi, chunki "arilar" u bilan shartnomani uzaytirishni xohlashmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild