

Oldinroq, Rummenigge faoliyatini yakunlagan Filipp Lam o'rniga Joshua Kimmix asosiy nomzod bo'lishini aytgan edi.
"Rummenigge har narsani gapirishi mumkin. Klubda uning o'z vazifalari bor, ammo jamoaning bosh murabbiyi Karlo Anchelotti. Aynan u kim zaxirada qolishi va kim maydonga tushishini hal qiladi. Men Lam bilan 6 yil birga o'ynadim va "Bavariya" safida 200 tadan ortiq uchrashuvda maydonga tushdim. Endi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'laman deb o'ylayman" - deydi Rafinya.



