“Bavariya“ Bundeslidagi asosiy raqiblaridan birining hujumchisi uchun 90 million evro berishga tayyor

Khoja
15 iyun 2025, 11:24
“Bavariya“ hujum chizig'ini kuchaytirishni reja qilgan.

Amaldagi chempionlar “RB Leyptsig“ hujumchisi Benyamin Sheshko bilan shartnoma tuzmoqchi. Ushbu transfer uchun myunxenliklar 90 million evro ajratishga tayyor.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli hujumchi o'tgan mavsum “RB Leyptsig“ safida 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com