

31 yoshli yarim himoyachining “Bavariya” bilan shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi. Jamoaning yangi murabbiy Niko Kovach uni saqlab qolishni istamoqda, biroq “Bavariya” Vidalni bepul qo'yib yuborishdan ko'ra 20 mln evro evaziga “Napoli”ga sotishni afzal ko'rmoqda. Ammo Arturoning “Bavariya”da yiliga ishlab topadigan 7,8 mln evrolik katta maoshi uning “Napoli”ga o'tishini biroz murakkablashtirishi mumkin.



