Bartomeu: "Isko - Inesta darajasidagi futbolchi, ammo biz "Real" futbolchilarini xarid qilmaymiz"

Aslanov Jasurbek
25 fev 2015, 16:10
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Real" yarim himoyachisi Isko nomiga iliq so'zlar aytdi.

"Isko juda kuchli futbolchi. Men "Real" - "Elche" uchrashuvini ko'rdim va u yaxshi o'yin ko'rsatdi. Isko "Malaga"da o'ynagan paytlarida, uni harakatlari Inestaga o'xshardi. "Real" futbolchilari o'zini qaymoqranglilar safida yaxshi his qilishmoqda. Biz "Qirollik klubi"dan futbolchi xarid qilmaymiz" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com