Bartomeu "Barselona" mashg'ulotlariga tashrif buyurdi

Sherzod Nurmatov
23 may 2020
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoaning bugungi mashg'ulotlarida qatnashdi.

U bosh murabbiy Kike Seten va futbolchilar bilan suhbatlashdi, ularning sog'lig'i va mashg'ulotlar qanday o'tayotgani bilan qiziqdi.

Ma'lumot uchun, "Barselona" 8 mayda individual mashg'ulotlarga kirishgan bo'lsa, 18 maydan beri 10 kishidan iborat guruhlarga bo'lingan holda umumiy mashg'ulotlar olib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com