

"Barselona" sport direktori Arturo Planes jurnalist Nikolo Skiraga Arturo Vidalning jamoadan kyetishini tasdiqladi. U xavbekning Kataloniyadagi 2 yillik faoliyatidan minnatdorligini ma'lum qilgan.
Vidal yaqin vaqtlar ichida "Inter"ga o'tishi kutilmoqda. 33 yoshli futbolchi 2 mavsum davomida "Barselona" tarkibida 96 o'yinda 11 gol va 10 assist qayd etdi.
Oldinroq Vidal Xitoydan tushgan taklifga rad javobini bergani haqida ma'lumotlar berilgandi.



