"Barselona" yana bir bor "Atletiko" bilan kelishishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2019, 19:52
"Barselona" "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann transferidan voz kechmoqchi emas.

Juma kuni "matraschilar" "Barselona" va futbolchini hurmatsizlikda ayblab, fransiyalikni mavsumoldi yig'inga chaqirdi.

"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yaqin vaqt ichida yana bir bor "Atletiko" bilan kelishishga urinib ko'radi.

Oldinroq, Kataloniya klubi Grizmann uchun 120 mln. evro to'lashga tayyorligini bildirgandi, ammo "Atletiko" rad etdi.

"Barselona" fransiyalikni kelasi haftada tanishtirishni reja qilgan edi.

Agar transferga Nelson Semedu qo'lishsa, muzokaralar tezlashishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca