"Barselona" Vela variantiga qaytdi

Alisher
22 yanv 2020
"Los Anjeles" forvardi Karlos Vela "Barselona" qiziqishlari doirasida.

Kataloniya klubi 30 yoshli meksikalik o'yinchini yarim yilga ijaraga olishni xohlamoqda. Takidlash kerakki, Vela MLSning o'tgan mavsumida to'purar bo'lgan edi.

"Barselona" hozirda jarohatlangan Luis Suaresning o'rniga hujumchi qidirmoqda.

Xabar berilishicha, "ko'k-anorranglilar" o'yinchini 25 million evro evaziga sotib olish variantini ham o'rganishmoqda.

Vela o'tgan mavsum MLSda 33ta o'yinda maydonga tushib, 36ta gol va 11ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo