"Barselona" Umtitini turk grandiga ijaraga berishi mumkin

Alisher
29 dek 2021, 18:01
"Barselona" himoyachi Samyuel Umtitidan qishki transfer oynasida xayrlashishi mumkin.

Fransiyalik futbolchiga Superliganing "Fenerbaxche" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Kanareykalar" rahbariyati himoyachining transferi borasida yanvarda taklif berishga tayyor. Tomonlar ijara shartnomasi imzolashi va Samyuelning maoshini bo'lib to'lashlari mumkin.

Ortiq Xavi ishonch bildirmayotgan futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi atigi 1ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es