"Barselona" Umtitini qo'yib yuborishga tayyor. Unga italyan klublari qiziqish bildiryapti

15 iyul 2020, 00:51
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettiradi.

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati francuz himoyachisidan tushgan pul evaziga mudofaa chizig'ini boshqa futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. 26 yoshli Umtitiga bir qator A Seriya klublari da'vogarlik qilyapti: "Lacio", "Roma", "Napoli" va "Torino".

Ma'lumot uchun, jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan futbolchi "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda atigi 18 bor maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito