

"Ko'k-anorranglilar" rahbariyati francuz himoyachisidan tushgan pul evaziga mudofaa chizig'ini boshqa futbolchi bilan kuchaytirmoqchi. 26 yoshli Umtitiga bir qator A Seriya klublari da'vogarlik qilyapti: "Lacio", "Roma", "Napoli" va "Torino".
Ma'lumot uchun, jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan futbolchi "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda atigi 18 bor maydonga tushdi.


