"Barselona" uch nafar asosiy tarkib futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2025, 14:40
"Barselona" bir qator futbolchilar bilan yangi bitim tuzishni reja qilyapti.

Oldinroq Pedri, Gavi, Pau Kubarsi va Ronald Arauxolar bilan kelishuv uzaytirilgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Lamin Yamal, Rafinya va Jyul Kundelar bilan yangi bitim imzolanadi. Ular "Barselona"ning asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi.

Frenki De Yong bo'yicha qaror joriy mavsum oxirida, yarim himoyachining o'yiniga qarab qabul qilinadi. Oldinroq klub o'tgan yili De Yongga bergan taklifiga javob ololmagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo