"Barselona" sobiq o'yinchisi Afellay faoliyatini yakunladi

Alisher
1 fev 2021, 15:50
"Barselona" va Niderlaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ibrohim Afellay faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

35 yoshli Afellay PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi faoliyati davomida "Barselona", "Shalke", "Olimpiakos" va "Stok Siti" kabi klublarda o'ynadi.

U 2019 yilda PSVga qaytdi va o'tgan yozda erkin agent maqomiga aylandi.

Afellay 2007-2016 yillarda davomida Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qildi va jamoa bilan 2010 yilgi JCHda finalga qadar chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: nos.nl.