Ibrohim Afellay tizzasidagi jarohat sabab 9 oyga safdan chiqdi

Tolibjon Qosimov
26 apr 2016, 10:41
"Stok Siti" yarim himoyachisi Ibrohim Afellay tizzasidan olgan jarohati tufayli yaqin 9 oy mobaynida maydonga tusha olmaydi.

"Afsuski, Ibrohim mashg'ulotda tizzasini jarohatlab oldi va oyoq payi shikastlandi. U 9 oygacha maydonga qayta olmaydi", - deya "Stok Siti" bosh murabbiyi Mark Xyuzdan iqtibos keltirmoqda "Sky Sport".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sport