

Buxarestning "Dinamo" klubi fevral oyida Edgar Ie bilan shartnoma imzoladi, uch oydan so'ng esa uning o'rniga egizagi Edelino ekanligini ma'lum bo'ldi.
Shubhali jarayon jurnalist Daniel Sendre tomonidan aniqlandi, u Edgar Iening ingliz tilini yaxshi bilmasligi hamda Ispaniya, Fransiya, Turkiya va Niderlandiyada o'ynaganiga qaramay, faqat portugal tilida gaplashishidan hayratda qolganini ma'lum qildi.
Hozirda beshta o'yinda maydonga tushgan futbolchining ishi tekshirilmoqda. Agar qoidabuzarlik holati tasdiqlansa, Ruminiya klubi 5 o'yinda jamg'argan 8 ochkosidan mahrum bo'lishi mumkin.




