“Barselona” prezidenti Superliga haqida: “Loyiha hali ham o'z kuchida qolgan”

Eldor Akmurzayev
22 apr 2021, 20:08
Kataloniyaliklar rahbari Joan Laporta Superliga haqida gapirdi.

“Barselona” ehtiyotkor poziciyani egallab turibdi. Yirik klublar katta pul sarflamoqda va biz iqtisodiy taqsimot haqida o'ylashimiz lozim.

Bu sport ko'rsatkichlariga asoslangan barchani o'ziga jalb qila oladigan musobaqa bo'lishi kerak. UEFA bilan muzokaralarga ochiqmiz. Qoyilmaqom shou qilish uchun ko'proq narsalar kerak. O'ylaymanki, bu kelishib qilinadi.

Ayrim klublarga esa bosim o'tkazildi, ammo taklif o'z kuchida qolgan. Katta investiciyalar kiritamiz, yuqori maoshlarimiz bor. Bularning barchasini hisobga olish kerak, xuddi sportdagi yutuqlar kabi”, deydi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo