"Barselona" Messining yangi shartnomasi sabab, yosh o'yinchisini sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2021, 23:57
"Barselona" klubi yarim himoyachi Ilaysh Moriba shartnomasini uzaytirish borasida klub bilan kelishmagan.

"Marca" nashrining xabar berishicha, o'yinchi yangi shartnoma shartlarida unga sezilarli ravishda kam pul taklif qilinishi sezmoqda. Klubning asl maqsadi esa futbolchini sotib yuborib va undan tushgan mablag'larni klub yetakchisi Lionel Messining yangi shartnomasiga yo'naltirishdan iborat.

Futbolchining o'zi esa "Barsa"da qolmoqchi. Agarda klub unga qoniqarli shartnoma taklif qilmasa, futbolchi keyingi yil klubni erkin agent sifatida tark etishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Moriba o'tgan mavsum La Liga doirasida 14 o'yinda maydonga tushib. bir gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca.com