"Barselona" - "Liverpul" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2019, 15:29
"Barselona" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvida ishlaydigan hakamlar nomi e'lon qilindi.

Ko'k-anorranglilar hamda mersisaydliklar o'rtasidagi bahsni Born Kuypers boshchiligidagi gollandiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Qanotlarga unga Mario Diks va Ervin Zeystra yordam beradi. Videoassistentlar - Danni Makkeli va Pol van Bukel. To'rtinchi hakam Tasos Sidiropulos.

"Barselona" - "Liverpul" o'yini 1 may kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA