"Barselona" tez orada ikki futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
12 okt 2019, 10:44
"Barselona" tez orada ikki o'yinchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

PSV forvardi Doniell Malenni "Barselona" jiddiy tarzda kuzatmoqda. Ushbu futbolchiga shuningdek "Real" ham qiziqish bildirgan.

"Ko'k-anorranglilar" "Inter" hujumchisi Lautaro Martines bilan ham shartnoma imzolamoqchi.

Malen joriy mavsum Gollandiya chempionatida 9ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assistga erishgan.

22 yoshli Martines esa A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda harakat qilib, 2ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Barcablaugranes