“Barselona” hujumchisi jarohati bois El-Klassikoni o'tkazib yuboradi

16 dek 2017, 01:35
“Barselona” hujumchisi Xerard Delofeu juma kungi mashg'ulotlarga chog'ida jarohat olib, safdan chiqdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

23 yoshli hujumchi so'nggi mashg'ulotda chap oyog'i tizzasini shikastlab oldi va 7-10 kun maydonga tusholmasligi oydinlashdi.

Joriy mavsumda Delofeu 9ta uchrashuv (494 daqiqa)da maydonga tushib, bitta gol urdi va bir bor jamoadoshlariga assistentlik qildi.

La Liganing 16-turida “Barselona” 17 dekabr kuni o'z maydonida “Deportivo” bilan kuch sinashsa, keyingi turni 23 dekabr kuni Madridda “Real”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Барселона" расмий сайти