"Barselona" Alonsoni "Chelsi"dan xarid qila olmasa, Anxelinoni sotib olishi mumkin

Alisher
1 avg 2022, 11:07
"Leyptsig" himoyachisi Anxelino faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Barselona" da'vogarlik qilmoqda.

Kataloniya klubi "Chelsi" himoyachisi Markos Alonso borasida bitim bo'yicha kelisha olmasa, o'yinchining variantini ko'rib chiqadi.

Anxelino o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es