

"Barselona" klubi Usmon Dembele bilan iloji boricha tezroq yangi shartnoma imzolash niyatida. Hozircha ikki tomon muzokaralarni boshlaganicha yo'q. Lekin klub Usmon bilan shu masala bo'yicha uchrashuv tayinlash harakatini boshlagan.
Yozda Usmon Dembelening shartnomasidagi tovon puli 100 mln evrodan 50 mln evroga tushadi. "Barselona" esa bu pul APL klublari uchun juda qulayligi bilgan holda, tezroq futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.



