"Barsa" "Malorka"ga qarshi o'yinda TOP 5 ligalardagi rekordni o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2025, 11:51
"Barselona" LaLiganing 33-turida "Malorka"ni qabul qildi.

Bahs 1:0 hisobida Kataloniya klubining g'alabasi bilan yakun topdi.

"Barselona" ushbu o'yinda darvozaga 40 ta zarba yo'lladi.  

Bu so'nggi uch mavsumda Yevropaning top-5 ligalari klublari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich.  

Shuningdek, bu Sofascore statistikasi yig'ila boshlangandan, yani 2015 yil avgustidan beri "Barsa"ning rekordidir.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sofascore