“Barsa” Frenki de Yongni “Man Siti” futbolchisiga almashmoqchi

Eldor Akmurzayev
8 may 2022, 09:45
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Barselona” yarim himoyachi Frenki de Yongni “Man Siti” a'zosi Bernardu Silvaga almashmoqchi. Kataloniyaliklar ustozi Xavi yarim himoya markazidagi raqobatni kuchaytirmoqchi, “shaharliklar” esa o'z navbatida Fernandino o'rnini bosuvchi futbolchini izlashmoqda.

De Yong joriy mavsum La Ligada 30 o'yinda qatnashib, 3+3 natijaga erishdi. Silva esa APLdagi 32 uchrashuvda 8 ta gol urdi va uchta assistni o'z hisobiga yozdirdi.

Niderlandiyalikning transfer narxi 70 mln evro, portugaliyalikniki esa 75 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN