Barcali: "Bonuchchi "Yuventus" uchun muhim futbolchi edi, ammo Ronaldu va Messichalik emas"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2017, 12:20
"Yuventus" himoyachisi Andrea Barcali Leonardo Bonuchchining "Milan"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Bonuchchi va Dani Alves "Yuventus" uchun muhim futbolchilar edi. Leo klubda 7 yil o'tkazdi, bu ko'p narsadan darak beradi. Biroq "Yuventus"da Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi jamoa o'yiniga bog'langan futbolchi yo'q.

Bir yoki ikki yangi futbolchi jamoaning balansiga ta’sir qilmaydi. "Yuventus" g'alaba qozonishda davom etishi uchun yangilar va tajribali futbolchilar ishga to'g'ri yondoshishlari kerak" - deydi Barcali.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premium Sport