Andrea Barcali "Yuventus" murabbiylar shtabini tark etdi

Sherzod Nurmatov
15 may 2020, 00:25
"Yuventus" sobiq himoyachisi Andrea Barcali Turin klubi murabbiylar shtabidan ketganini ma'lum qildi.

39 yoshli italiyalik mutaxassis o'z oilasi foydasiga tanlov qilganini aytdi.

"Men meni yillar davomida jimgina qo'llab-quvvatlab kelgan o'z oilam bilan ko'proq vaqt o'tkazishim kerakligini his qildim".

Bugun boshqa bir oilamni afzal ko'rdim, ammo "Yuventus" ham mening oilam, ular bilan doimiy aloqada bo'laman va abadiy minnatdorman. To'g'ri tanlov qildim deb o'ylayman", - deb yozdi Barcali Instagram'dagi sahifasida.

Andrea sentyabr oyidan buyon Mauricio Sarrining texnik yordamchisi bo'lib ishlab kelayotgandi. Shunday qilib, u bir yil ham ishlamadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/andreabarzagli15