Rasman: Barcali "Yuventus"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
25 sen 2019, 22:40
"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Andrea Barcali Turin klubida ish boshladi.

"Keksa sinoralar"ning matbuot xizmati xabariga ko'ra, 38 yoshli mutaxassis Mauricio Sarrining texnik yordamchisi sifatida murabbiylar shtabida ish boshladi.

Barcali 2011-2019 yillar davomida "Yuventus" bilan 16 sovrin qo'lga kiritgandi. Bahorda faoliyatini yakunlagan Barcali qisqa muddatdan so'ng yana jonajon klubiga qaytdi.

"Byankoneri"lar ayni damda A Seriya turnir jadvalida yetakchi. Biroq bugun ularning asosiy raqibi "Inter" ham maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/juventusfc