Balde o'zini Mbappeni o'rinbosari sifatida ko'rmaydi

8 sen 2017, 00:57
“Monako”ning yangi a'zosi, senegallik hujumchi Balde Keyta o'zini “Monako”ning sobiq hujumchisi Kilian Mbappe bilan solishtirishmasliklarini aytdi.

Eslatib o'tamiz, senegallik futbolchi yozgi transfer oynasi paytida “Lacio”dan “Monako”ga ko'chib o'tdi.

“Men shaxsan Kilian Mbappeni bilmayman, ammo u yaxshi futbolchi ekanligidan xabarim bor. Men bu yerda uning o'rnini bosish uchu kelganim yo'q. Uning o'z o'yin uslubi bor, mening ham” , deydi Keyta Four Four Two nashriga.

Ilgari xabar qilinganidek, “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisining transferi “Monako”ga 30 million evroga tushgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: FourFourTwo