Bakayokoga yana bir da'vogar paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 18:13
"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin.

"London Evening Standard" xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda va klub yaqin vaqtlar ichida u bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Qayd etish kerak, u bunga qadar "Monako" tarkibida faoliyat olib borgan.

Bakayokoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Uning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: London Evening Standard