Azim Ahmedov: "U-22 Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishiga ishonaman"

Narzulla Saydullayev
27 noya 2013, 11:00
Xabaringiz bor, 10 yanvardan boshlab Ummonda birinchi marta U-22 o'rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.
Biz ushbu uchrashuvlar boshlanishdan oldin terma jamoamizning barcha a'zolari va nomzod futbolchilari bilan bu borada suhbatlashib chiqdik. Bularni sizga taqdim etamiz.

"Navbahor" klubi a'zosi Azim Ahmedov
1992 yil 4 yanvar. Yarim himoyachi
Bu yildagi statistikasi: 21 ta o'yin 1306 daqiqa

"Bu terma jamoamiz Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishiga ishonaman. Garchi saralash bahslarida ijobiy natija qayd etdi deya olmasam ham chempionatda boshqacha ishtirok etadi. Hali yakuniy tarkib e'lon qilingani yo'q va hamma munosiblar o'rin oladi deb o'ylayman. Birinchi marta tashkil etilayotgan chempionatda kimni favorit ekanligini aytish qiyin. O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Xitoy, Saudiya Arabistoni, Iroq kuchli jamoalar lekin bizning terma jamoa ham bu yosh toifasida ayni vaqtda eng kuchli tarkiblardan biriga ega" - deya o'z fikrlarini bildirib o'tadi Azim Ahmedov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia