Azar kecha "Real"dagi faoliyatiga nuqta qo'ydi-mi?

Omonjon To`xtamirzayev
6 may 2021, 12:00
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar "Chelsi" bilan o'yindan keyin (0:2) kayfiyati chog' edi.

Belgiya terma jamoasi a'zosi 2012 - 2019 yillar oralig'ida "aristokratlar" safida to'p tepgan. Yarim final javob o'yinidan keyin u Kurt Zuma va Eduar Mendining oldiga kelib, ularni g'alaba bilan tabrikladi va "Real" muxlislarining g'azabiga sabab bo'lib, juda mamnun ruhda, kulib suhbat qurdi.

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi "Real"ga 100 mln evro atrofidagi pul evaziga ko'chib o'tgandi. Ushbu mavsumda Azar "Real" safida barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia