Azar "Chelsi"ni yozda tark etib, "Real"ga o'tishga tayyor

Aslanov Jasurbek
6 mar 2018
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar joriy mavsum oxirida jamoani tark etib, "Real"ga o'tishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte ish uslubidan norozi va "Qirollik klubi"ni faoliyatini davom ettirish uchun eng yaxshi variant deb hisoblamoqda.

Joriy mavsum 27 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasining 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 11ta gol urdi.

"Chelsi" Angliya chempionatidagi so'nggi 5ta bahsning 4tasida mag'lub bo'ldi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph