"Ayaks" murabbiyi ten Xag "Manchester Yunayted"ga o'tish uchun ingliz tilini o'rganmayotganini aytdi

Alisher
16 mar 2022, 14:40
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag uning "Manchester Yunayted"ga o'tish uchun ingliz tilini o'rganayotgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Yo'q, bu yolg'on. Biz klubda ingliz tilida gapiramiz, sababi tarkibda bu tilni biladigan chet elliklar ko'p.

Mening kelajagim? Hozirda faqatgina "Ayaks"dagi ishim haqida o'ylamoqdaman", - deydi ten Xag.

Oldinroq xabar berilganidek, 52 yoshli niderlandiyalik "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal