"Ayaks" "Manchester Yunayted" futbolchisiga qiziqayotganini tasdiqladi

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2018, 21:36
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik Ten Xag klub MYU futbolchisi Deyli Blindga qiziqayotgani haqida gapirdi.

"Blind katta tajribaga ega futbolchi. Uni o'z tarkibimizga qo'shib olishni istaymiz. Ammo, bu faqat bizgagina bog'liq emas. Boshqa masalalar ham bor", - dedi murabbiy.

Avvalroq, futbolchining o'zi ham 2008-2014 yillar davomida to'p tepgan jamoasiga qaytishga qarshi emasligi haqida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sportsmole.co.uk