"Ayaks" YCHLning 3ta kvalifikaciya bosqichida qatnashib, musobaqaning yarim finaliga yo'l olgan ilk jamoa

Eldor Akmurzayev
17 apr 2019, 02:15
YCHLning chorak final Yuventusga qarshi javob bahsida g'alaba qozongan Ayaks, ikki o'yin natijasiga (2:3) ko'ra, yarim finalga yo'l oldi.

Aytish joizki, amstyerdamliklar musobaqaning joriy mavsumini guruh bosqichiga chiqish uchun saralash bosqichidan boshlagan. Ular kvalifikaciya raundida Shturm (2:0, 3:1) Standart (2:2, 3:0) va Kievning Dinamo (3:1, 0:0) klublarini mag'lub etgandi. Shu tariqa, "Ayaks" uchta saralash bosqichidan o'tib, YCHLning yarim finaliga yo'l olgan musobaqa tarixidagi ilk klubga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif