Avstraliya terma jamoasi sobiq ustozi Yaponiyadan ish topdi

Narzulla Saydullayev
19 dek 2017, 08:30
Avstraliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ange Postekoglu faoliyatini Yaponiyada davom ettiradi.

Shu yilning 22 noyabr sanasida "sokkeruzlar"ni 2018 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqqan Ange Postekoglu iste'foga chiqqandi. Kecha murabbiy "Yokogama F.Marinos" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Postekoglu "sokkeruzlar" ustozi sifatida 2013 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2014ga chiqqan va 2015 yil Avstraliya mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida g'olib bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/prompt_fmarinos